Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichki bozorda avtomobil narxi yana oshadimi? «O‘zavtosanoat» aniqlik kiritdi

Ichki bozorda avtomobil narxi yana oshadimi? «O‘zavtosanoat» aniqlik kiritdi

Foto:«Publika.uz»

O‘zbekiston ichki bozorida «GM Uzbekistan» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarning narxlarini ko‘tarish rejalashtirilmayapti. Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda. 

«O‘zavtosanoat» kompaniya rahbari Umidjon Salimovning so‘zlariga ko‘ra, «GM Uzbekistan» tomonidan ishlab chiqarilgan avtomashinalar narxi 8 oy davomida o‘zgarmagan.

«Biz ichki bozorda narxlarni ko‘tarish tarafdori emasmiz. Avtomashina – bu nozik mahsulot. Uning narxi ko‘tarilishi butun iqtisodiyotga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hozircha narx ko‘tarilishini rejalashtirmayapmiz», - deb izoh berdi Salimov.

«O‘zavtosanoat» rahbari so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda kompaniya xorijiy bozorlar narxlarini o‘rganmoqda va bu ish bir oyga yaqin vaqtni olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «GM Uzbekistan» eng asosiy eksport bozorlari bu — Rossiya va Qozog‘iston hisoblanadi, ushbu davlatlarga avtomashinalar Ravon brendi ostida eksport qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring