Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va hududiy tizimlarida jiddiy tayinlovlar yuz berdi

Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va hududiy tizimlarida jiddiy tayinlovlar yuz berdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida bir qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar bo‘ldi.

Xususan, Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga general-mayor Mirzaraximov Bahodir Yuldashevich tayinlandi.

Polkovnik Xudoynazarov Shokirjon Abdumalikovich esa qo‘mondonning birinchi o‘rinbosari — shtab boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-birinchi bo‘lim boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Rafikov Shuxrat Xikmatullayevich tayinlangan bo‘lsa, Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib podpolkovnik
Xidiraliyev Vali Kamildjanovich tayinlandi.

Bundan tashqari, bir qator hududiy boshqarmalarga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Xususan, podpolkovnik Qarshiyev Aziz Muxtorovich Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Umarov Asqar Narziyevich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Qo‘chqoraliyev Shuhrat Abdumalikovich Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Habibov Alisher Aminovich Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Mo‘minov Shuhrat Azimovich Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Rahmatullayev Ayubxon Toshxo‘jayevich Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik G‘afforov Komiljon Isroilovich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Nosirov Tohirjon Ne’matjanovich Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Xudaybergenov Ortiq Tursinxonovich Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i kabi lavozimlarga tayinlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring