Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilib, quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:

podpolkovnik Jo‘rayev Ravshanjon Mehmonqo‘ziyevich — O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — jangovar tayyorgarlik va yong‘inni o‘chirishni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Qambarov Davron Saidkamolovich — O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — yong‘in nazorati va profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Abduxoliqov Abdurazzoq Abdumutalipovich — Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Avazov Abdug‘ani Abdusattarovich — Andijon viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik A’zamov Azizxon Abralxanovich — Surxondaryo viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Ibragimov Ravshan Nazarovich — Jizzax viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;

polkovnik Sultonov Alisher Akimjanovich — Namangan viloyati IIB Yong‘in havfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Xushnazarov Shokarim Bahodirovich — Buxoro viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Mamanov Sherzod Toshturdiyevich — Toshkent viloyati IIB Yangiyo‘l shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik To‘raxonov Shahzodxon Rustamxon o‘g‘li — Toshkent viloyati IIB Piskent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik Xoliqov Jahongir Bahodirovich — Toshkent viloyati IIB Quyichirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring