Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«ICTWEEK Uzbekistan-2018»: O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o‘tadigan kunlar ma’lum bo‘ldi

«ICTWEEK Uzbekistan-2018»: O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o‘tadigan kunlar ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Bu yilgi O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — «ICTWEEK Uzbekistan-2018» 24—29-sentyabr kunlari Toshkent va Jizzaxda o‘tkaziladi.


 «ICTWEEK Uzbekistan» — mamlakatimiz axborot texnologiyalari sohasidagi eng muhim va keng ko‘lamli tadbir. Unda axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalar namoyish etiladi va muhokama qilinadi.

«ICTWEEK Uzbekistan-2018» haftaligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar

Toshkent shahrida:

  • Matbuot anjumani
  • «ICTEXPO-2018» — axborot texnologiyalari an’anaviy yillik ko‘rgazmasi
  • «DIGITAL UZBEKISTAN» forumi
  • shuningdek, boshqa tadbir va taqdimotlar.

Jizzax shahrida:

  • Matbuot brifingi
  • «Bolalar uchun axborot texnologiyalari» aksiyasi
  • Mintaqaviy «ICTEXPO-2018» ko‘rgazmasi
  • Mintaqaviy forum.

24-sentyabr. Toshkentdagi Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi — u «ICTWEEK Uzbekistan-2018» haftaligini ochib beradi. Shu kuni jurnalistlar haftalik haqida batafsil ma’lumot va barcha savollariga javob olishlari mumkin.

25-sentyabr. Jizzax shahrida matbuot brifingi hamda «Bolalar uchun axborot texnologiyalari» aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

26-sentyabr. Poytaxtdagi «O‘zekspomarkaz» MKKning anjumanlar zalida «DIGITAL UZBEKISTAN» forumida bo‘lib o‘tadi.

27-sentyabr. Jizzax shahrida «Jizzax viloyati: investitsiyalar, innovatsiyalar, axborotlashtirish» mintaqaviy 3i forumi bo‘lib o‘tadi.

26—28-sentyabr. Toshkentda axborot-kommunikatssiya texnologiyalari haftaligining muhim voqeasi —  «ICTEXPO-2018» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

26-27-sentyabr. Jizzax shahrida Toshkentdagi «ICTEXPO-2018»ga parallel ravishda mintaqaviy ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

«ICTEXPO-2018»da axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorida taqdim etilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi. Ushbu ko‘rgazmada axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendensiyalarga ixtisoslashgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etadi: uyali aloqa kompaniyalari, vendorlar, dasturiy ta’minot, tizim integratorlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va boshqalar.

AKT haftaligi doirasida ko‘plab boshqa tadbirlar ham o‘tkaziladi. Yangiliklarni «ICTWEEK Uzbekistan-2018»ning «Facebook»dagi sahifasi va «Telegram»dagi kanali orqali kuzatish mumkin.

Bu yildan boshlab Forum va ko‘rgazmaga kirish uchun www.ictweek.uz rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish va QR-kodini olish zarur, bu ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarning vaqtini tejash hamda tadbir kuni ro‘yxatdan o‘tishni osonlashtirish uchun qilingan.

«ICTWEEK Uzbekistan-2018» haftaligiga 29-sentyabr kuni mukofotlash marosimi yakun yasaydi.


AKT haftaligi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi. Tashkilotchilar — «ICTNEWS Conferences» («CIBGROUP» MChJ) va O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi (Jizzax sh.).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring