Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iglesiasning konserti. Pulga sotilgan «tekin» chiptalar yuzasidan Yoshlar ittifoqi izoh beradimi?

Iglesiasning konserti. Pulga sotilgan «tekin» chiptalar yuzasidan Yoshlar ittifoqi izoh beradimi?

Foto: Instagram / @ulugbekismailov

Ispaniyalik mashhur xonanda Enrike Iglesias 28-dekabr kuni Toshkentdagi «Istiqlol» san’at saroyida konsert berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu konsert Alisher Usmonovdan O‘zbekiston yoshlariga Yangi yil sovg‘asi ekani aytildi. Enrike Iglesias «Facebook»dagi sahifasida «Toshkentdagi konsert chiptalari allaqachon sotuvda!», deb yozgani bilan, chiptalar faqat faol va iqtidorli yoshlarga tarqatilishi ma’lum qilindi.

Foto: Instagram / @ulugbekismailov

Enrike Iglesiasning Toshkentda konsert berishi haqidagi gap-so‘zlar dekabr oyi o‘rtalarida, Robbi Uilyamsning konsertidan so‘ng paydo bo‘lgan edi. «Istiqlol» san’at saroyi direktori Isroil G‘ulomov 19-dekabr kuni «Daryo»ga bergan qisqa intervyusida ispaniyalik xonanda haqiqatan ham 28-dekabr kuni Toshkentda kuylashini tasdiqlab, «chiptalar narxi hozircha ma’lum emasligi»ni bildirgan edi.

Enrike Iglesiasning konsertiga bepul chiptalarni qo‘lga kiritganlar.
Foto: Facebook / Qahramon Quronboyev

Isroil G‘ulomov konsertga chipta sotilmasligi, barcha tomoshabinlar unda taklifnoma asosida mehmon bo‘lishi haqida 23-dekabr kuni ma’lum qildi. Shu kuni «Nuz.uz» nashri Enrike Iglesiasni Toshkentga rossiyalik milliarder Alisher Usmonov olib kelayotgani, konsert chiptalari Madaniyat vazirligi va Yoshlar ittifoqi, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlari va Mehribonlik uylari orqali iqtidorli, faol yoshlarga tarqatilishi haqida xabar berdi.

Skrin: «Xabar.uz»

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 24-dekabr kuni o‘zining «Telegram»dagi kanalida tashkilot Enrike Iglesiasning konsertiga chipta tarqatayotgani haqidagi xabarlarni «mish-mish» deb atab, «bu gap-so‘zlar hech qanday asosga ega emasligi» haqida bayonot berdi. 26 dekabr kuni esa tashkilot rahbari Qahramon Quronboyev «Yoshlar ittifoqi ushbu konsert uchun o‘ziga ajratilgan bepul taklifnomalarni iqtidorli va eng faol yoshlarga tarqatayotgani» haqida xabar berdi.

«Xabaringiz bor, 28-dekabr kuni yurtimizga jahonga mashhur estrada xonandasi Enrike Iglesias tashrif byurib, o‘zining konsert dasturini namoyish etadi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ushbu konsert uchun o‘ziga ajratilgan bepul taklifnomalarni iqtidorli va eng faol yoshlarga tarqatmoqda. O‘ylaymizki, ushbu madaniy tadbir yoshlarimizga bayramona kayfiyat baxsh etadi», — deb yozgan Quronboyev.

Qahramon Quronboyev o‘z xabari ostida omadli chiptalar nasib qilgan yoshlarning ro‘yxatini ham yozgan: Begzod Zoidjonov, Jaxongir Bozorov, Aleksandr Felitsin («Yaxshilik qil» loyihasi a’zolari), Xumoyun Xoshimiy, Dmitriy Raximov, Davron Uyg‘unov (QVZ rus oliy ligasi sovrindori), Jasur G‘ayratov (Turin politexnika universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, yosh dasturchi), Axmadjon Shamsuddinov (Inha universiteti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, yosh dasturchi), Nodirbek To‘rabekov (I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filliali boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, QVZ rus oliy ligasi sovrindori), Sherzod Olimov (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi M.Ulug‘bek tumani Kengashi raisi, «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni sohibi).

Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlar orqali turli hazillar, memlar va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Lekin ittifoq hozircha mazkur mish-mishlarga hech qanday izoh yoki raddiya bermadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring