Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ignatiy Nesterov futboldan chetlashtirildi

Ignatiy Nesterov futboldan chetlashtirildi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi intizom qo‘mitasi O‘zbekiston terma jamoasi safida faoliyatini yakunlagan  darvozabon Ignatiy Nesterovni taqiqlangan moddani iste’mol qilganlikda gumonlab, futboldan chetlatdi. Bu haqda «Goal SA» nashri xabar bermoqda.

Nesterov Saudiya Arabistonining «Uhud»  klubida o‘ynayotgan edi. 

«Uhud» klubi Nesterovning o‘rniga boshqa darvozabonni ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasiga murojaat qilgan.

O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev ham o‘z «Telegram» kanalida Nesterov haqida fikrlar bildirib, disklifikatsiya vaqtincha yoki doimiy ekani aniq emasligini yozgan.

Nesterov «Uhud» tarkibida 2 marta maydonga tushgandi. U ishtirok etgan o‘yinlarda jamoa g‘alaba qozongan.

Nesterov O‘zbekiston terma jamoasi safida yanvar oyida Osiyo Kubogida ishtirok etganida topshirgan doping tahlili ijobiy natija bergan. Yaqin orada u Malayziyaga, OFK qarorgohiga borib, doping tahlillari natijasi yuzasidan tushuntirish berishi lozim.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring