Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nima deydi?

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nima deydi?

Foto: Feysbukdan skrinshot

«Xabar.uz»da e’lon qilingan «MIBning ishi to‘yni buzish bo‘lib qoldimi?» sarlavhali maqola ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarni keltirib chiqardi. Bildirilgan fikrlarning ayrimlari bilan o‘rtoqlashamiz (imlo xatolari tuzatilgan holda). Feysbukdagi «Xalq bilan muloqot» guruhi hamda «Xabar.uz» saytining feysbukdagi kanalida maqolada bayon qilingan holat bo‘yicha shunday fikrlar bildirilgan:

Zahro Sultanqulova: Uchta bolasining alimentini to‘lasin-da uylanishdan oldin... Battar bo‘lsin endi.

Farruhbek Rasulhon: Xalqning fikri bilan bularning nima ishi bor.

Asmira Fuat: Juda yaxshi qilibdi MIB. 4 bola nafaqat otasiz, yana otasi tomonidan hech qanday yordam yo‘q. Uylanib, yana bola ko‘rib tashlab ketsa, yana aliment to‘lamasa? Yana bir ayolning hayoti buzilsa? Nima bo‘ladi? Bu erkak uylanib, bola tug‘dirib tashlab ketsa, hech narsamas ekan-da?

Sanjar Rahmonov: To‘g‘ri qilishibdi, orqasini to‘g‘irlab qo‘ysin uylanishdan oldin. Bolani sarson qilib yangi hayot qurmasdan.

Feruza Abidova: Zo‘r qilishibdi. Bundan battar qilish kerak edi.

Burxonova Shoxista: Mahalla raisi, kotibi, fuqarolari qayerda. 2019 yil tuzilgan xotin-qizlar komissiyasi qani. Nega tuzildi? Mahallada alimentni to‘lamasdan to‘y bo‘lyapti. Qani haqiqat?

Guli Olloquliyeva: Ba’zida ayollardayam bo‘ladi, shukr qilmasdan janjal ko‘tarib, erni bezdiradi, ajrashishga sabab bo‘ladi, bunaqa ayollarga aliment to‘lamasdan, bolaniyam olib qo‘yish kerak. Er bechora uyim, bola-chaqam deydi, xotin esa uni bir pul qiladi. Bolani yetim qilmaslikni har ikki tomon ham o‘ylashi kerak.

Mansurjon Esirgapov: Guli Olloquliyeva,otangizga rahmat! Eng to‘g‘ri va haq gapni yozibsiz. 

M. T: Yigit bir yil yashab, 1 ta farzand ko‘rib ajrashaman, deb oiladan chiqib ketdi. Oradan 6 yil o‘tib, MIB kelib 3 ta farzand uchun aliment talab qildi. Bundan xulosa: ajrashaman, deb ketmanglar! Qonuniy ajrashib keyin ketinglar. Aks holda, 1 farzand uchun emas, protsentigayam to‘laysizlar!

Lola Raxmatova: A pochemu vinovat tolko papasha? Vdrug mama sama dovela yego do razvoda! Nekotorie damochki posle razvoda, tolko i delayut chto shantajiruyut alimentami.

Polat Urazbaev: Ushavolib, urishmabtiyam ularni.

Abror Zohidov: To‘yda indamay turib, chimildiqqa kirishlaridan oldin ushlaganda tochno to‘lar edi )).

Burhon Begmatov: Nimaga hamma bu yerda (guruhda) izoh qoldirayotganlar kuyovni yomonlab MIBchilarni oqlayabdi? O‘sha kuyovni o‘rnida shu yerda qo‘lini yerga mushtlab kuyovni qarg‘ayotganlarni birortasi bo‘lib qolganida nima degan bo‘lardingiz? Bu holat bo‘yicha kuyov bolani aybi alimentni vaqtida to‘lamagani (agar haqiqatdan ham shunday bo‘lsa), balki pulni norasmiy berar bolalariga, lekin bu maqolada masala MIBchilarni aynan to‘y kuni kelib bir erkak kishini el-yurtni ichida sharmanda qilinishi to‘g‘risida ketyabdi. O‘sha MIBchilar to‘ydan 1 hafta oldin kelsa yoki to‘ydan 1 hafta keyin kelsa bo‘lardi-ku...  O‘zimni xizmat vazifam yuzasidan MIBchilar bilan ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Ana o‘shanda ko‘rganman ularning aliment undirishga kelgan ayollar bilan qanday «ishlashini» (lekin bu hamma haqida emas). Bekorga o‘sha odam 3 ta bolasi bo‘la turib ajrashmagandir, asosli sabablari bordir ehtimol. Balki ayoli o‘zining harakatlari bilan shunga olib borib qo‘ygandir, har holda 3 ta bolali bo‘lguncha birga yashagan ekan-ku. Balki eriga xiyonat qilgandir, balki boshqa ajrashishga asosli sabablar bordir. Balki o‘sha odam bolalaridan xabar olib norasmiy pul berib turar ularga. Yana qaytaraman, bu maqolada kuyovni aliment to‘lamagani emas, MIBchilarni insonni sharmanda qilishgacha bo‘lgan harakatlari qoralanib ko‘rsatilyapdi...

Rustam Aliyev: Davlatimiz uchun biz yetimdek bo‘lib qoldik. Faqat davleniya, qo‘rqitish, jarimaga solish, gazdan ko‘mirga o‘tkazish, musodara, soliqlarni oshirish.  

Zafar Zokirov: «Essiz! To‘y va o‘limni hurmatini qiladigan xalqim!» demoqchiydim-ku, lekin 3 nafar bolani och qo‘yib uylanayotgan otaga bu ham kam!

Abdug‘affor Shukurov: To‘y yoki boshqa tadbirni buzish musulmonlarga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki u yerda bu ishga aloqasi bo‘lmagan kelin va kelin tomon ham bor edi.

P.S.: Avval boshdanoq bu tizimning prokuratura tarkibida bo‘lishi ko‘p munozaralarni keltirib chiqargan edi. Tushirilgan pullar bir so‘m ham olib qolmasdan budjetga o‘tkazilishi va MIBchilarga budjetdan oylik qilib berilsa, adolatli bo‘lar balki. Hozir esa tushgan mablag‘dan maxsus jamg‘armaga yetarli foizlar yig‘iladi, jarima ko‘p undirsa, qo‘shimcha haq, mukofot va rag‘batlantirish pullari ham beriladi. Bunday sharoitda MIB uchun qanday qilib bo‘lmasin pul undirish afzal bo‘lib qolmaydimi? Qo‘rqitish, kamsitish vositalari asosiy qurol bo‘lib qolmaydimi? Bosh prokuror ham yaqinda Senatdagi majlisda tizim vakolatlarini asossiz ravishda kengaytirish kuzatilganini ochiq tan oldiku. Qolaversa, aliment tizimi ham faqat bir tomonga bosim o‘tkazish richagiga aylanib qolmasligi kerak. 

«Xabar.uz» kunning eng dolzarb maqolalari va mavzulari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar fikrlarini doimiy berib borishga harakat qiladi. Bu qaysidir tomonning haqligi yoki nohaqligini ko‘rsatish, isbotlash uchun emas, turli bahslarda, muhokamalarda fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelishi, aholining ijtimoiy pozitsiyasi shakllanib borishi ko‘zda tutilgan holda qilinmoqda. Aholining pozitsiyasining shakllanishi esa turli organlarning qarorlar qabul qilishidan oldin masalani chuqurroq o‘ylashiga, vazifga mas’uliyatliroq yondashishiga xizmat qilsa ajabmas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring