Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki kishi aviahalokat qurboni bo‘ldi

Ikki kishi aviahalokat qurboni bo‘ldi

Foto: «Yevronyus»

Fransiyaning San-shomun shahri yaqinidagi avtomobil yo‘liga yengil  samolyotning qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

Voqea guvohlarining xabar berishicha, uchuvchi samolyot boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yengil samolyot ko‘chaning o‘rtasidagi svetofor o‘rnatilgan lavhaga kelib urilgan. Shundan so‘ng samolyot pastlab ucha boshlagan. Avtomobillar bilan to‘qnashishning oldini olish maqsadida uchuvchi rulni yo‘l chetiga burgan va samolyot qulab tushgan.

Mahalliy hokimiyat organlari uchuvchi va uning yordamchisi qurbon bo‘lgan aviahalokat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring