Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga kelgan sayyohlar soni ikki barobarga ko‘paydi

Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga kelgan sayyohlar soni ikki barobarga ko‘paydi

Foto: imombuhoriy.uz

O‘zbekiston millliy axborot agentligining xabariga ko‘ra, shu yilning yanvar-fevral oylarida Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan ikki borabarga oshgan.

— Avvalgi yillarda qish paytlarida mehmonlar kelishi keskin kamayib ketishi tufayli xodimlarimizning ko‘pchiligiga ta’til berilar edi, – deydi Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi rahbari D.Ermamatov. – Bu yil yanvar-fevral oylarida ham majmuamizga keluvchilar oqimi kamaygani yo‘q. Buni raqamlarda ifodalaydigan bo‘lsak, o‘tgan yil yanvar oyida 43 ming 700 dan ortiq mehmon, jumladan, 125 nafar chet ellik buyuk muhaddis bobomiz maqbarasini ziyorat qilgan edi. Joriy yilda esa ziyoratchilar qariyb 72 ming kishini, ular orasida xorijliklar 300 nafarni tashkil etdi. Ushbu davrdagi pul tushumi 67 million 500 ming so‘mga yetib, o‘tgan yilgidan 27 million 900 ming so‘m ko‘p bo‘ldi.

D.Ermamatovning qo‘shimcha qilishicha, bayram kunlarida qo‘shimcha dam olish kunlarining joriy etilishi, ayniqsa, ichki turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi. Misol, uchun, yangi yil bayrami kunlarida qish payti bo‘lishiga qaramay majmuamiz ziyoratchilar bilan har qachongidan gavjum bo‘ldi. Navro‘z bayramidagi dam olish kunlarida esa sayyohlar safi ancha kengayishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring