Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imomali Rahmon tadbirkorlarga imtiyoz beradigan qonunlarni imzoladi

Imomali Rahmon tadbirkorlarga imtiyoz beradigan qonunlarni imzoladi

Foto: «News.tj»

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon avvalroq respublika parlamentining quyi palatasi qabul qilgan va yuqori palatasi ma’qullagan qonunlarni imzoladi.

Prezident imzolagan qonunlar orasida «Tojikistonda prezident saylovi to‘g‘risidagi» qonun ham bo‘lib, u 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga prezidentlikka nomzodini qo‘yish huquqini beradi.

Shuningdek, «Tadbirkorlik ishlab chiqarish sub’yektlarini tekshirishning har qanday shakliga moratoriy e’lon qilish to‘g‘risida»gi qonun ham imzolandi. Unga muvofiq, soliq organlari, prokuratura, Hisob palatasi, Milliy bank va Davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan tashqari barcha tashkilotlarning tadbirkorlik va ishlab chiqarish sub’yektlarida tekshiruv olib borishi bekor qilindi.

Ushbu qonun doirasida mamlakatda tadbirkorlik ob’yektlari uchun maxsus reyestr yaratiladi. Qonun normalari buzilgan holatlarda unga binoan tadbirkorlar davlat tashkilotlariga murojaat qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tojikiston prezidenti Bojxona va Soliq kodekslariga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonunni ham imzoladi. U «Tajik Air» va «Tojikiston temir yo‘llari» davlat unitar korxonasiga chet eldan samolyot, lokomotiv va vagonlarni qo‘shimcha soliq va bojxona to‘lovlarisiz olib kelish imkonini beradi.

Kodekslardagi o‘zgartirishlarda shuningdek respublikaga maktab kiyimlari, agrar sektor uchun muhim texnikalar, farmatsevtika sohasidagi yangi texnologiyalar, tibbiy diagnostika uskunalari, parrandalar uchun don-dun va yangi avtomobillar olib kirayotgan tadbirkorlar uchun boj to‘lovini 50 foiz qisqartirish nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring