Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imomali Rahmon tojikistonliklarni ehtiyotkorlik va tejamkorlikka chaqirdi

Imomali Rahmon tojikistonliklarni ehtiyotkorlik va tejamkorlikka chaqirdi

Foto: «Sputnik»

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat aholisini Sada bayrami bilan tabrikladi va o‘tgan kuz va hozirgi qish uncha yaxshi kelmaganini aytib, ularni hushyor va tejamkor bo‘lishga chaqirdi.

Sada bayrami o‘rta asrlargacha ham mashhur bayram sanalib, Navro‘zdan avval nishonlangan. Mamlakatda qabul qilingan «Bayram kunlari haqida»gi qonunga muvofiq ushbu bayram har yili 30-yanvarda nishonlanadi.

Ushbu ayyom munosabati bilan Dushanbeda, boshqa shahar va tumanlarda xalq hunarmandchiligi va qishloq xo‘jaligi mollari ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda, taniqli san’atkorlar chiqish qilishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring