Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

INHA talabalari AKT vazirligi stipendiyasi sohibi bo‘lishdi

INHA talabalari AKT vazirligi stipendiyasi sohibi bo‘lishdi

Foto: «Inha.uz»

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalari Elbek Hoshimjonov hamda Sherzodbek Tojimahammatov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasiga sazovor bo‘lishdi.

AKT vaziri tomonidan imzolangan buyruqda, mazkur stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalarning fanlarni o‘zlashtirishdagi yuqori ko‘rsatkichlari, olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tanlovlarda tashabbus ko‘rsatganliklari hamda namunali hulqlari va intizomlari alohida qayd etilgan.

«Stipendiya olganimni eshitishganda uyimdagilar judayam xursand bo‘lishdi, – deydi Elbek Hoshimjonov. – Ota-onam yaxshi niyat, katta umid bildirishib, endi bu ishonchni oqlashim kerakligini ta’kidlashdi. Axir vazirlik tomonidan beriladigan stipendiya katta mas’uliyat yuklaydi. Men bu ishonchni oqlash uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Hozirda Inha universitetining 3-kurs talabasiman. Bu yutuqqa meni loyiq topganlari uchun vazirlik ma’muriyatiga tashakkur aytib qolaman. Bu yutuqqa erishishimda katta yordam bergan ota-onam, yaqin qarindoshlarim va do‘stlarimga rahmat deyman. Ayniqsa, maktab, litsey va universitet o‘qituvchilarimdan minnatdorman. Ularning mehnati yutuqlarimda namoyon bo‘lyapti. Bundan keyin o‘z ustimda ko‘proq ishlashga, bundanda yuksak marralarga erishib, axborot texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishga harakat qilib qolaman».

«Ota-onam yaxshi o‘qisang, oldingga katta maqsad qo‘yib, unga intilsang albatta erishasan, deyishadi. 2012 yilda tumandagi 30-umumta’lim maktabini tamomlab, Andijon Mashinasozlik instituti qoshidagi 2-son akademik litseyining aniq fanlar yo‘nalishida tahsil oldim. O‘rta maxsus ta’limni ham muvaffaqiyatli tugatganimdan so‘ng, 2015 yil Toshkent shahridagi Inha Universitetiga o‘z hujjatlarimni topshirib, oliygohning dastlabki bosqich talabasiga aylandim. Hozir kursdoshlarim bilan professor o‘qituvchilarimizning har bir ma’ruzalarini katta qiziqish bilan tinglayapmiz. Bizning bilim olishimiz uchun shunday sharoitlarni yaratib bergan davlatimizga minnatdorchilik bildiraman. O‘ylaymanki, endilikda zimmamdagi mas’uliyat yuki yanada ortadi, chunki bu ishonchni oqlash uchun ham yanada harakat qilish, izlanish kerak. O‘z sohamda bilimlarimni yanada orttirib, davlatimizning kelajakdagi rivojiga hissa qo‘shishga va’da beraman», – deydi Sherzodbek Tojimahammatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring