Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Innovatsiya vaziri Buyuk Britaniyaning «Wiley» kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

Innovatsiya vaziri Buyuk Britaniyaning «Wiley» kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

Foto: «Facebook» / «Innovatsiya vazirligi - Mininnovatsii - Innovation ministry»

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Buyuk Britaniyaning «Wiley» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlikning «Facebook»dagi sahifasida xabar berildi.
 
«Daryo.uz» nashrining yozishicha, uchrashuv chog‘ida davlat ilmiy-texnik dasturini amalga oshirishda uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, xalqaro ilmiy-tadqiqot ma’lumotlar bazalari va innovatsiyalardan foydalanish, ilmiy va yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik masalalari ham muzokaralar markazida bo‘lgan.
 
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, o‘zbek olimlari, mutaxassislari, talabalari uchun «Wiley»ning ilmiy-tadqiqot bazasi va kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun birgalikda ish olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
 
Ingliz kompaniyasi O‘zbekistonda hamkorlikda master-klass va treninglar tashkil qilish yuzasidan hamkorlikka qiziqish bildirdi. Bunda «Wiley»ning Ilmiy-tadqiqot Akademiyasini jalb qilish ko‘zda tutildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring