Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiya vazirligidan Blogerlar chempionati uchun yangi nominatsiya

Innovatsiya vazirligidan Blogerlar chempionati uchun yangi nominatsiya

Foto: «Xabar.uz»

2018-yilning 12-aprel kuni start olgan Blogerlar chempionati homiylari soni yana bittaga ko‘paydi. Innovatsion rivojlanish vazirligi chempionat doirasida «Alternativ energiya manbalaridan foydalanishni eng yaxshi targ‘ib qilgan bloger» nominatsiyasini joriy qildi.

Mazkur nominatsiya g‘olibi vazirlik tomonidan munosib taqdirlanadi. G‘oliblar vazirlik axborot xizmati tomonidan aniqlanadi.


Mavzuga doir:
Qo‘llanma: Blogerlar chempionatida qanday ishtirok etish mumkin?


Blogerlar chempionati doirasida e’lon qilingan nominatsiyalar g‘oliblarini saralashda ham ishtirokchilarning mustaqil fikriga, ta’lim sohasidagi muammolarni aniq misollar bilan ochib berish va ularning yechimlarini taklif etishiga, umumta’lim maktablari faoliyatiga innovatsion yangiliklarni, rivojlangan davlatlarning sinovdan o‘tgan tajribalarini joriy qilish, bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini oshirirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflarga alohida ahamiyat beriladi.


Mavzuga doir:
Mukofot jamg‘armasi 60 mln. so‘mlik Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin?


Eslatib o‘tamiz, Blogerlar chempionati uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. G‘olib va sovrindorlar 14-iyun — Xalqaro blogerlar kunida tantanali ravishda taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring