Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson o‘zing! Haydovchisiga poyabzalini arttirgan rahbar

Inson o‘zing! Haydovchisiga poyabzalini arttirgan rahbar

Foto: «Xabar.uz»

Dunyoda g‘alati ishlar sodir bo‘layotgan bir paytda O‘zbekiston ham chetda qolayotgani yo‘q. Bir qarasang, televizorda chiqib olib, kelin qaynotasining shilqimligidan arz qiladi, bir tomonda esa odam odamni odam o‘rnida ko‘rmaydi.

Gap kim haqida ketyapti, deb hayron bo‘lmang. Ishonchli manbalarimizning xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi direktori Shuhrat Shokirov o‘z haydovchisi Asqar Mirzayevga poyabzalini tozalattirgan (suratga qarang).

Nima bo‘lganda ham hammamiz Alloh yaratgan bandamiz, insonmiz. Bu dunyoda hamma bir xil mavqega ega. Kimdir puli ko‘pligidan, boshqasi mansabi yuqoriligidan foydalanib, o‘zgalarni kamsitmasligi, haqorat qilmasligi kerakmasmi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring