Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Instagram»da siz uchun yana bir qulaylik yaratildi

«Instagram»da siz uchun yana bir qulaylik yaratildi

Foto: «AppleInsider.ru»

Endi «Instagram» foydalanuvchilari bir-birlariga va chatlarga ovozli xabar jo‘nata oladilar. Bu haqda ijtimoiy tarmoq ma’muriyati «Twitter»da xabar berdi.

Qulaylikdan «iOS» hamda «Android» platformali qurilmalar vositasida foydalanish mumkin.

Funksiya xuddi «WhatsApp»dagi kabi ishlaydi — tugma bosiladi va matn (ya’ni ovoz) yozib olinadi. Ovozli xabar uzunligi hozircha bir daqiqa bilan cheklangan. Xabarni bekor qilish uchun uni «savatchaga tashlash» kifoya.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa tashkil etish endi shart emas, xabarlar bilan istalgan paytda tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring