Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Instagram»da yangi funksiya: Endilikda boshqa foydalanuvchini «kuzatish»ning imkoni bo‘lmaydi

«Instagram»da yangi funksiya: Endilikda boshqa foydalanuvchini «kuzatish»ning imkoni bo‘lmaydi

Foto: «NV.ua»

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘i kimdir tomonidan boshqa bir foydalanuvchining «tarixi» skrinshot qilinganida, bu haqda mazkur foydalanuvchiga xabar boradigan yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar berdi «NV.ua».

Ekranni skrinshot qilgan foydalanuvchilar postni ko‘rgan odamlar ro‘yxatida yulduzsimon belgi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, postni joylashtirganlarga skrinshot qilingan vaqt borasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar bormaydi.

Shuningdek, boshqa bir odamning postini birinchi marta skrinshot qilgan foydalanuvchiga ham ogohlantirish boradi. Unda «Instagram» o‘sha foydalanuvchini uning bu kabi xatti-harakatidan post muallifiga xabar borishi haqida ogoh etadi. Yangi ogohlantiruv funksiyasi hozirda ishlamoqda, biroq barcha foydalanuvchilar uchun emas.

Qiziqarli jihati, ayni paytda ushbu funksiyani aldashning iloji bor: skrinshot qilish uchun smartfonda «Parvoz rejimi»ni yoqib qo‘yish kifoya. 

Eslatib o‘tamiz, bu kabi funksiya «Instagram»dagi foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalaridan qo‘llanilayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring