Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Intel» yetakchilikni boy berdi, uning o‘rnini «Samsung» egalladi

«Intel» yetakchilikni boy berdi, uning o‘rnini «Samsung» egalladi

Xotira uchun narx so‘nggi yilda ikki barobarga oshdi.

Foto: «NV.ua»

«Samsung» bir necha yillardan buyon dunyo bozorida yetakchi bo‘lib kelayotgan «Intel»ni orta qoldirib, eng yirik protsessorlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylandi. Bu haqda ularning yillik moliyaviy hisobotlariga tayanib, «NV.ua» xabar berdi.

Moliyaviy hisobotlarga ko‘ra, aslida 2017-yil «Intel» uchun omadli kelgan. Garchi kompaniyaning savdo hajmi 6 foizga o‘sib, uning chiplari 90 foiz kompyuterlarga o‘rnatilgan, buning ortidan 63 milliard dollar ishlab topilgan bo‘lsa-da, «Samsung» o‘z daromadini flesh xotiralar hisobiga keskin ko‘tarishga erishgan. Koreys kompaniyasi o‘tgan yilda bu sohada 69 milliard dollar daromad ko‘rgan.

«Intel» ishlab chiqarishdagi asosiy e’tiborni «x86» protsessorlariga qaratgan bo‘lib, bu borada kompaniya hamon yetakchidir. Shunga qaramay «Samsung»ning kelajak texnologiyalari an’anaviy  «Intel» protsessorlaridan ko‘ra ancha muhimroq deya hisoblanmoqda.

Jurnalistlarning qo‘shimcha qilishicha, «Samsung» kompaniyasi televizorlar, maishiy texnika, displey va smartfonlar ham ishlab chiqarishda yetakchilardan biri. Biroq to‘rtinchi chorakda daromadining asosiy qismi turli xotira chiplari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Xotira uchun narx so‘nggi yilda ikki barobarga oshganiga qaramay, talab o‘sishda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring