Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroqda ikki nafar rossiyalikka IShIDga a’zoligi uchun umrbod qamoq jazosi berildi

Iroqda ikki nafar rossiyalikka IShIDga a’zoligi uchun umrbod qamoq jazosi berildi

Foto:«RIA Novosti»

Bag‘dod sudi ikki nafar rossiyalikni IShID terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Checheniston rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra 17-aprel kuni hukm qilingan ayollar asli Dog‘istondan. Sud qilinayotgan vaqtda ayollarning qo‘llarida yosh bolalari bor edi.

Dekabr oyida Iroq IShID ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi, bu guruh ma’lum muddat mamlakat hududining uchdan bir qismini o‘z nazoratida ushlab turgan edi. Iroq qonunlari IShIDga yordam berganlarning hammasiga, ular zo‘ravonlik harakatlarida  ishtirok etmagan bo‘lsa ham, ayblov e’lon qilish huquqini beradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Iroq rasmiylari IShID bilan bog‘liq mingga yaqin xorijlik ayolni ushlab turibdi. Ularning ko‘pchiligi Turkiya yoki sobiq sovet respublikalaridan kelishgan. Ayrim ayollar o‘limga hukm qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring