Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tanlov g‘oliblari taqdirlandi

Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tanlov g‘oliblari taqdirlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 20-fevral kuni Samarqand viloyat matbuot markazida O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi va Samarqand viloyat hokimiyati hamkorligida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Karimov hayoti va faoliyati bilan bog‘liq «Islom Karimov haqida xotiralar» maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovga o‘tgan yili Birinchi Prezident haqidagi maqolalari bilan viloyatda faoliyat yuritayotgan ko‘plab qalamkashlar ishtirok etishgan edi.

Marosimda Xalqaro press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev, Samarqand viloyat hokimiyati matbuot xizmati rahbari Mannop Ibodullayev ishtirok etishdi.

Tabdirni kirish so‘zi bilan ochgan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari Farmon Toshev Birinchi Prezident haqida maqola yozgan barcha jurnalistlarga tashakkurlar izhor qildi.

So‘ng g‘oliblar taqdirlandi. Birinchi o‘ringa Jomboy tumanidan tibbiyot fanlari doktori Akbar Imomov yozgan xotira kitobi, ikkinchi o‘ringa Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi matbuot faxriysi Oygul Mamatova va Samarqand shahridan matbuot faxriysi Amrillo Ahmedovning maqolalari, uchinchi o‘ringa Samarqand shahridan o‘qituvchi Gulmira Halimova va matbuot faxriysi Oblaqul Usmonqulovning maqolalari loyiq topildi.

Bulung‘urlik Xolboy Qosimov, qo‘shrabotlik Normo‘min Usmonov, kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchi Aziza Boymurodova, paxtachilik Izzatulla Norquvvatov, ishtixonlik Ubaydulla Turdiyev, kattaqo‘rg‘onlik harbiy G‘ulom Rajabov, Samarqand shahridan Alisher Toirov, narpaylik Abduhoshim Ziyodov rag‘batlantiruvchi mukofotlar sohibi bo‘lishdi.

Ushbu satrlar muallifi, kamtarin xizmatkoringiz Karimberdi To‘ramurod ham rag‘batlantirilganlar ichida bo‘ldi.

Karimberdi To‘ramurod

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring