Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil aeroportida ikki samolyot to‘qnashib ketdi (video)

Isroil aeroportida ikki samolyot to‘qnashib ketdi (video)

Foto: «styler.rbc.ua»

Tel-Aviv yaqinidagi David Ben Gurion aeroportida «Germania» nemis aviakompaniyasiga tegishli «Boeing 737» samolyoti shatakka olish paytida Isroilning «El Al» aviakompaniyasiga tegishli «Boeing 767» samolyoti bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida yo‘lovchilarga shikast yetmagan va ular samolyot salonini betalofat tark etganlar.

Isroildagi aviatsiya rasmiylari hodisa yuzasidan tekshiruvni boshlashdi.

«El Al» samolyoti Tel-Avivdan Rimga uchishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. «Germania» samolyoti esa Berlinga parvoz qilmoqchi edi. Shatakchi mashina «Boeing 737»ni terminaldan olib chiqib ketgan. Yo‘lovchilar esa boshqa reyslarga o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring