Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlarda 3 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlarda 3 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Foto:«AFP»

G‘azo mintaqasining Isroil bilan chegara hududida Isroil askarlari va falastinliklar to‘qnashuvi oqibatida 3 nafar falastinlik halok bo‘ldi va 600 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Ashraf al-Kidra «RIA Novosti»ga ma’lum qilgan.

11 haftadan buyon «Buyuk qaytish marshi» nomli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ammo hozir ularning ko‘lami oldingidan ancha qisqa.

Isroil harbiylarining hisob-kitobicha, namoyishlarda 10 ming nafar falastinlik ishtirok etmoqda. Armiya namoyishchilarga qarshi o‘qotar qurollardan foydalanilayotganini tan olgan.

Shu yilning 30 martida boshlangan «Buyuk qaytish marshi» davomida 126 nafar falastinlik halok bo‘ldi. 1000 dan ortiq kishi o‘q va gazdan jarohat oldi. Yo‘qotishlarning eng katta qismi 14-may, Quddusda AQSh elchixonasining ochilishiga qarshi o‘tkazilgan namoyishda kuzatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring