Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-maslahat: Kompyuterda bir necha gigabaytlab joy ochish usuli

IT-maslahat: Kompyuterda bir necha gigabaytlab joy ochish usuli

Foto: «AKKet»

Kompyuterda ko‘pincha ortiqcha fayllar, tizimning turli qismlari yoki dasturlar paydo qilgan «chiqindi» to‘planib qoladi. Qattiq disklarni ulardan tozalab olish uchun maxsus dasturlar bor, ammo ularsiz ham ortiqcha «yuk»dan xalos bo‘lishning osongina yo‘li mavjud. «Terabayt» nashri ushbu usul sirlari bilan o‘rtoqlashadi.

Xususan, agar kompyuteringiz yangi – «Windows 10» operatsion tizimida ishlaydigan bo‘lsa, u holda «Xotira nazorati» – «Контроль памяти» funksiyasi orqali uni o‘z-o‘zidan tozalanib turadigan qilish imkoni bor. U disklarning chiqindi fayllardan avtomatik tarzda tozalanib turishini tashkillashtiradi.

«Xotira nazorati» funksiyasini faollashtirish uchun «Windows» qidiruvidan foydalaning: u yerga «Память» so‘zini yozib izlang. Natijalar ro‘yxatida birinchi bo‘lib turgan bandni ochsangiz, u yerda kerakli sozlamaga ko‘zingiz tushadi. Odatda u o‘chiq holda turadi – qo‘rqmasdan shuni yoqib qo‘ying.

Shundan so‘ng «Windows» ma’lum bir vaqt oralig‘ida barcha keraksiz, vaqtinchalik fayllarni o‘chirib, «Korzina»ni tozalab va «Yuklanganlar» – «Загрузки» jildidagi eskilarini yo‘q qilib turadi.

Haqli savol tug‘iladi: modomiki avtomatik tarzda o‘chirishga sozlangan ekan, bu funksiya sizga kerakli fayllarni ham yo‘qotib yubormaydimi? Javobi esa oddiy: mazkur funksiyadagi «Joy bo‘shatish usulini o‘zgartirish» – «Изменить способ освобождения места» bandini ochasiz. Shu yerdan o‘zingiz istisno holatlarni belgilab qo‘yasiz va so‘ng tozalash funksiyasi shu toifalarga tegmaydi.

Agarda kompyuteringizda operatsion tizimning oldingi versiyasi qoldiqlari bo‘lsa, «Xotira nazorati» sizni ulardan ham xalos etadi. Bunda tizim o‘rnatilgan diskdagi juda ulkan hajmli windows.old jildi ham o‘chiriladi.

«Xotira nazorati» funksiyasini sozlab bo‘lgach, «Hoziroq tozalash» – «Очистить сейчас» tugmachasini bosasiz va keyin natijani ko‘rib hayratda qolasiz – kompyuteringizda bir necha gigabaytlab joy ochiladi! Bu tugmacha shundan keyin sizga kerak bo‘lmaydi – tozalash endi avtomatik tarzda, tegishli vaqtlar oralig‘ida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring