Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jahon» axborot agentligi negizida «Dunyo» axborot agentligi va Media-markaz tashkil etiladi

«Jahon» axborot agentligi negizida «Dunyo» axborot agentligi va Media-markaz tashkil etiladi

Foto: «Sputnik»

Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi negizida «Dunyo» axborot agentligi va Media-markaz tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, vazirlik tizimida Tarjimonlar byurosi hamda Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi negizida Tahlil va prognozlashtirish markazi tashkil etiladi.

Hujjatda qayd etilishicha, Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi va Media-markazi, Tahlil va prognozlashtirish markazi, Tarjimonlar byurosi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 2018-yilning 5-aprel kuni imzolangan. Uning matni O‘zAda e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring