Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon chempionati anonsi. Keyn kuchlimi, Lukaku?

Jahon chempionati anonsi. Keyn kuchlimi, Lukaku?

Foto: «Sports.ru»

Rossiyada jahon chempionati–2018 o‘yinlari davom etadi. Bugun, 28-iyun kuniga to‘rtta o‘yin rejalashtirilgan — «G» va «H» guruhi a’zolari o‘zaro to‘qnash keladilar.

Toshkent vaqti bilan 19:00da Volgograd shahrida Yaponiya va Polsha terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Xuddi shu vaqtda «Samara arena»da Senegal va Kolumbiya terma jamoalari ham kim kuchli ekaniga oydinlik kiritadi. Guruhdagi so‘nggi tur uchrashuvlari ham ancha qiziqarli kechishi aniq: musobaqani birgina Polsha rasman tark etgan. Qolgan jamoalarda imkoniyat deyarli teng — kim g‘alaba qozonsa, keyingi bosqichda shu jamoa o‘ynaydi.

Foto: «FIFA.COM»

Guruh bosqichini yakunlab beradigan «G» uchrashuvlari esa Toshkent vaqti bilan 23:00ga belgilangan.

Kaliningradda bir vaqtning o‘zida Angliya - Belgiya hamda Panama-Tunis terma jamoalari kuch sinashadi. Bu o‘yinlarga favorit hamda autsayderlarning o‘zaro bellashuvi, deya ta’rif berish ham mumkin. Zero, bu o‘yinlar deyarli ahamiyatsiz: omadlilar ham, omadsizlar ham ma’lum. Birgina intriga — guruhda kim birinchi, kim ikkinchi o‘rinni egallashi va musobaqa golurarlari — Keyn hamda Lukakuning qaysi biri ko‘proq gol ura olishini kuzatishdan iborat.

Foto: «FIFA.COM»

Uchrashuvlar bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni «Xabar.uz»da kuzatib borishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring