Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Afrikada cherkov qulab tushdi

Janubiy Afrikada cherkov qulab tushdi

Foto: «CC0»

Janubiy Afrika Respublikasida cherkov qulab tushishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 16 inson jarohat oldi. Baxtsiz hodisa Kvazulu-Natal viloyatida sodir bo‘lgani haqida «Sinxua» xabar berdi.

Jarohatlanganlar kasalxonaga yetkazildi, ulardan olti nafari og‘ir ahvolda.

Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlashmoqda. Ular xarobalar ostida insonlar bo‘lishi mumkinligini inkor etishmayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga yomg‘ir sababchi, ko‘p kundan beri davom etayotgan yog‘in cherkov poydevorini yuvib yuborgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring