Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya kompaniyasi sig‘imi 30 terabayt bo‘lgan qattiq diskni taqdim etdi

Janubiy Koreya kompaniyasi sig‘imi 30 terabayt bo‘lgan qattiq diskni taqdim etdi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Salkam ikki yil oldin Janubiy Koreyaning «Samsung» kompaniyasi korporativ saqlash tizimlarida foydalanish mo‘ljallangan sig‘imi 15,36 terabaytga teng qattiq diskni (SSD) taqdim etgan edi. Mana oradan 2 yil o‘tgach endi sig‘imi ikki barobar oshgan qattiq diskni namoyish qildi, deb xabar berdi «Hi-News».

«PM1643» yangi seriyasining 2,5 dyuymli qattiq diski sig‘imi 30,72 terabaytni tashkil etadi, o‘qish va yozib olish tezligi tegishli ravishda 2100 Mb/soniya va 1700 Mb/soniyaga teng. O‘qish vaqtida operatsiyalarni erkin bajarish unumdorligi 400 000 IOPS’ga, yozib olish vaqtidagisi esa 50 000 IOPS’ga teng. «Samsung»ning va’da qilishicha, SSD besh yillik kafolat muddati davomida har kuni ma’lumotlarni yozib-o‘chirishga chiday oladi.

Bundan tashqari yangi seriyadagi SSD’ning «oddiyroq» modellari ham taqim etiladi: 15,36 terabaytdan 800 gigabaytgacha.

Janubiy Koreya kompaniyasi hozircha 30,72 terabaytli qattiq diskning narxini e’lon qilganicha yo‘q, biroq 15,36 tarabaytga teng SSD 10 ming dollardan sotilganini hisobga oladigan bo‘lsak, uning narxi kamida 3—4 barobarga qimmatroq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring