Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya tashkiloti yurtimizdagi ilmiy izlanishlar uchun grant ajratdi

Janubiy Koreya tashkiloti yurtimizdagi ilmiy izlanishlar uchun grant ajratdi

Foto: «Agro.uz»

Janubiy Koreyaning KOPIA Uzbekistan hamda O‘zbekiston Respublikasi ilmiy ishlab chiqarish markazi rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi va Ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibidagi 5 ta institutga qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant mablag‘lari ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Ilmiy ishlab chiqarish markazi tasarrufidagi ekstenshn markazlarini ochish va qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilish loyihasi uchun 150 000 AQSh dollari, Sholichilik ilmiy tadqiqot institutiga sholining O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirilgan navlarini yetishtirish va zamonaviy agrotexnologiyalarini joriy etish loyihasi uchun 100 000 AQSh dollari, (qo‘shimcha tariqasida loyihani davom ettirish uchun 100 000 AQSh dollari), Akademik M. Mirzoyev nomidagi Bog‘dorchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirilgan eksportbop uzum navlarini yaratish loyihasi uchun 100 000 AQSh dollari, Don va dukkakli o‘simliklar ilmiy tadqiqot instituti uchun soyani O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan navlarini takomillashtirish va seleksiya ishlarini olib borish loyihasi uchun 105 000 AQSh dollari va Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot institutiga namunali chorvador qishloqlar loyihasi uchun 1 500 000 AQSh dollari miqdorida grant mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring