Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada ikkita samolyot to‘qnashdi

Janubiy Koreyada ikkita samolyot to‘qnashdi

Foto: «Korrespondent.net»

Janubiy Koreyaning «Kimpxo» aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Renxap» agentligi ma’lumotlariga tayanib «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Hodisa kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan. «Air Korean» kompaniyasiga tegishli samolyot «Asian Airlines» kompaniyasiga tegishli samolyotning dum-qanotiga urilib ketgan. Har ikkala samolyot ham shikastlangan.

Aeroportda bir nechta reyslar kechiktirilgan.

Har ikkala samolyot bortida yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Hodisa tufayli hech kim zarar ko‘rmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring