Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jarimalar oshiriladi

Jarimalar oshiriladi

Foto: «Otyrar.kz»

Belgilanmagan joylarga chiqindilarni chiqarib tashlash, to‘kish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning 1-iyun xolatiga 13,1 mingdan ortiq (2017 yilda - 6,3 ming) ruxsat etilmagan noqonuniy chiqindixonalar tashkil etilgan.

Shu munosabat bilan 2018-yil 10-oktyabrdagi O‘RQ-495-son qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda kiritildi.

Unga ko‘ra belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish — fuqarolarga 92 150 so‘mdan 552 900 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 552 900 so‘mdan 921 500 so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham takrorlansa — fuqarolarga 552 900 so‘mdan 921 500 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa — 921 500 so‘mdan 1 mln 843 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur qonun 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring