Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pastdarg‘omda itlar galasi noxush holatni yuzaga keltirmoqda (foto)

Pastdarg‘omda itlar galasi noxush holatni yuzaga keltirmoqda (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani bozori hududida o‘nlab itlar avtoturargohdagi avtomobillar ostiga kirib olgan.

«Xabar.uz» foydalanuvchisining xabar berishicha, itlar galasi bozorga tushgan xaridorlar va avtomashinalar egalariga xavf tug‘dirmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Bu hodisa shu kunlarda respublikamizda kuzatilayotgan jazirama oqibati bo‘lishi mumkin. Hatto jonivorlar ham o‘zlariga salqin joy qidirib, shu kabi noxush holatlarni yuzaga keltirmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 7-10-iyul kunlari O‘zbekiston aholisini anomal issiqlik va sel xavfidan ogohlantirgandi.

Cog‘liqni saqlash vazirligi esa bunday jaziramadan qanday saqlanish ehtiyot choralari haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko‘ra, 8 iyul kuni ham respublikamizda jazirama davom etadi, ko‘plab hududlarda havo harorati +45 daraja issiq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring