Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jazo o‘zgartirilib, sudlanuvchi qamoqqa olindi

Jazo o‘zgartirilib, sudlanuvchi qamoqqa olindi

Foto:«Sputnik»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi apellatsiya hay’ati quyi sud (JIB Samarqand shahar sudi) hukmini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. Albatta, birinchi bosqich sudi chiqargan hukmlar yuqori instansiyalarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi tabiiy jarayon. Biroq yuqori bosqichlarda jazo yengilligi bois o‘zgartirilgan sud aktlari amaliyotda nisbatan kam uchraydi-da.

Xullas, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2019-yil 29-maydagi hukmiga asosan (sudya Z. Ahmedova)  Z. Mardonov O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib,  unga nisbatan  besh yil ozodlikdan  cheklash jazosi tayinlangan.  Ish holatiga ko‘ra, u  2019-yil 2-fevral kuni soat 10:30larda jabrlanuvchi B. Axmedov  bilan  janjallashib ketadi. «Dahanaki jang» qo‘l ko‘tarish darajasiga yetib, natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati oladi. Jarohatki, jabrlanuvchining yuz-ko‘zi «bejalishidan» tashqari bosh miyasi chayqalib, ikkinchi bo‘yin umurtqa tanasi sinadi!

Yetkazilgan jazo og‘irligi va jabrlanuvchining da’vosi borligiga  qaratmay sud sudlanuvchiga  yuqorida qayd etilganidek, besh yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlaydi.

Aytish shart, jinoyat malakalinishiga gap bo‘lishi mumkinmas. Biroq jinoyatning to‘g‘ri malakalanishi tayinlangan jazoda ham o‘z aksini topishi kerak. Birovni urib, umurqasini sindirish darajasiga borgan zo‘ravon ozodlikdan cheklashga emas, bundanam og‘irrog‘iga munosib.  Zero, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasiga ko‘ra: «Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak».

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi Bahodir Aliqulovning  «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha,  «delo» apellatsiya instansiyasida ko‘rilib,  hukm o‘zgartirildi. Ya’niki, birinchi bosqich sudi tayinlagan «besh yil ozodlikdan cheklash jazosi» bekor qilinib, sudlanuvchiga nisbatan uch yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 Jazo o‘zgartirilishi munosabati bilan Z. Mardonov  darhol qamoqqa olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring