Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Fransiya Urugvayga qanday futbol o‘ynash kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi

JCh-2018. Fransiya Urugvayga qanday futbol o‘ynash kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi

Foto: «Getty Images»

JCh-2018 chorak final o‘yinlari boshlandi. Dastlabki uchrashuvda Urugvay va Fransiya terma jamoalari maydonga tushishdi.

O‘yin oldidan har ikki terma jamoada ham yo‘qotishlar bor edi. Matyuidi sariq kartochkalar tufayli bu o‘yinni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Urugvay yetakchisi Edinson Kavani o‘tgan bahsdagi jarohati tufayli maydonga tusha olmadi.

Bir hisobdan Kavanining o‘rni bilinib qoldi. Fransiya terma jamoasi xotirjam tarzda g‘alaba qozondi. Janubiy amerikaliklar esa xavfli vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi.

Shuning bilan yarim finalga chiqqan ilk jamoa nomi ham ma’lum bo‘ldi. Endi Fransiya terma jamoasi yarim finaldagi raqibi kim bo‘lishini kuzatadi — Braziliyami yoki Belgiya?

JCh-2018, chorak final

Urugvay – Fransiya 0:2

Gollar: 0:1 – 40 Varan, 0:2 – 61 Grizmann.

Urugvay: Muslera, Godin, Ximenes, Kaseres, Nandes (Urretaviskayya, 73), Laksalt, Bentankur (Rodriges, 59), Torreyra, Vesino, Suares, Stuani (Maksi Gomes, 59).

Fransiya: Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Pogba, Kante, Tolisso (Nzonzi, 80), Grizmann (Fekir, 90), Jiru, Mbappe (Dembele, 88).

Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (33), Bentankur (38), Rodriges (69), Mbappe (69).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring