Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirzo Ulug‘bek tumani 3-sonli IIB boshlig‘i aholi oldida hisobot berdi

Mirzo Ulug‘bek tumani 3-sonli IIB boshlig‘i aholi oldida hisobot berdi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 3-sonli IIB boshlig‘i mayor O. Salimov o‘ziga biriktirilgan hududda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar haqida aholi oldida hisobot berdi.

Unda soha xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari umumta’lim maktablar rahbar-o‘qituvchilari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda ichki ishlar organlari tizimlariga kiritilgan yangiliklar va yuklatilgan vazifalar, davlat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda fuqarolarning ishtiroki kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.

Aytish kerakki, Prezidentimizning «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, IIB boshliqlari har oyda aholi oldida biriktirilgan hududlarda, har olti oy davomida ushbu hududda istiqomat qiluvchi barcha oilalarni qamrab olgan holda, ular tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qabul qilinayotgan choralar yuzasidan hisobot berishlari tartibi belgilangan.

Hisobotda aytilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Oltintepa, Katta Oltintepa, Avayxon, Yangi Avayxon, Minglola va Alpomish mahallalari hududida joriy yilning 3 oyi mobaynida jinoyatchilik ahvoli, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar o‘z natijasini berdi — jinoyatlar o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslanganda 50 foizga kamaydi.

Shuningdek, tadbirda hozirda dolzarb bo‘lgan masala – voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar ham talabga javob bermayotgani, bu borada nafaqat ta’lim muassasalari rahbarlari, balki keng jamoatchilik ishtirokining zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va jinoyatlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar belgilab olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring