Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jismoniy shaxslar hozircha taksi xizmatini ko‘rsata olmaydi

Jismoniy shaxslar hozircha taksi xizmatini ko‘rsata olmaydi

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berilganidek, 2018-yil 11-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolangan edi.

Farmon loyihasi joriy yilning 26-fevralidan 13-martiga qadar Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida jamoatchilik muhokamasidan o‘tgan. Muhokamaga qo‘yilgan loyihaning 6-ilovasida sig‘imi 4 yo‘lovchi o‘ringa mo‘ljallangan yengil avtomobillarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkorlik shaklida taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqini berish nazarda tutilgan edi.

Muhokama davomida muhokamada tushgan takliflar, fikrlardan kelib chiqib loyihaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. Bu jarayonda jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkorlik shaklida taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqini berish masalasi yana bir bora qo‘shimcha o‘rganib chiqish uchun farmon loyihasidan ajratib olingan. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Faoliyatni litsenziyalash sohasidagi shu va boshqa o‘rganish talab qilinadigan boshqa masalalarni qo‘shimcha o‘rganishni ta’minlash maqsadida farmonning 7-bandida tegishli davlat organlariga litsenziyalash va ruxsat berish tartiblarini takomillashtirishda davom etish haqida topshiriq berildi.

Ya’ni, bu yo‘nalishda ishlar davom etmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring