Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilindi

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident farmoni imzolangani haqida xabar bergandik.

Farmon bilan 2020-yil 1-yanvardan boshlab, maqsadli dasturlar ijrosi doirasida yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratish belgilandi.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha amaldagi imtiyozlar bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-dekabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish samaradorligini har tomonlama baholash hamda keng jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida qator takliflar kiritdi:

a) quyidagilarning amal qilishini bekor qilish:

bosh pudrat tashkilotlari, pudrat tashkilotlari va subpudrat tashkilotlariga, qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransporti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, shuningdek, ularni tashishda qatnashadigan tashkilotlar, ishlar (xizmat) ko‘rsatish korxonalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari, transport korxonalari, «Qishloq qurilish invest» IK MChJ, «O‘zshahar qurilish invest» IK, «Qishloqqurilish loyiha» MChJ, «O‘zsanoateksport» AJ hamda «Toshkent qishloq qurilish servis» MChJga berilgan soliq imtiyozlari (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari);

jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar;

b) yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydagi xonadonning qiymati 300 million so‘mdan oshmagan taqdirda, olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltiriladigan va soliq solinadigan jismoniy shaxslar va ular oila a’zolarining (birga qarz oluvchilar) jami 15 million so‘mgacha bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari summasi soliq davri davomida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmasligini ko‘zda tutuvchi tartibni o‘rnatish;

v) bekor qilinayotgan soliq imtiyozlari o‘rniga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslar va qonun bilan belgilanadigan fuqarolarning boshqa toifalariga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarni to‘lash uchun subsidiyalar berish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring