Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: «Sputnik»

Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi J.Q. 4-bosqich talabasi M. B.dan 100 dollar talab qilib, 800 ming so‘m pulni ushbu ta’lim muassasasining o‘quv xonalaridan birida firibgarlik yo‘li bilan olayotganda viloyat korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan qo‘lga tushirildi.Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, talaba o‘qituvchining darslarida qatnashmagan. Buning evaziga J.Q. darslar o‘rnini «to‘ldirish» uchun 100 dollar berishini talab qiladi. Talaba o‘z navbatida, o‘qituvchisining bu hatti-harakatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladi.

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring