Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jomboylik aka-uka «Real Madrid»ga chaqirildi

Jomboylik aka-uka «Real Madrid»ga chaqirildi

Foto: O‘zA

Jomboylik aka-uka Shuhratjon va Shohjahon Mamatov Madridning «Real» klubi qoshidagi xalqaro sport maktabiga taklif etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Jomboy tumanidagi O‘rtabo‘z mahallasida istiqomat qiluvchi aka-uka futbolchilar bir necha yillardan beri tumandagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida futbol bilan shug‘ullanishadi. Ularga futbol sirini mehnat faxriysi Ivan Kostrikin o‘rgatmoqda. Jamoa yaqinda Bolgariyada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

– Quvonarlisi, xalqaro musobaqada ishtirok etgan «Real Madrid» futbol klubi mutaxassislari jamoamizga alohida e’tibor qaratishdi, – deydi murabbiy I.Kostrikin. – Ayniqsa, Shuhratjon va Shohjahonning o‘ziga xos o‘yin uslubi e’tirof etildi. Musobaqa yakunida bu ikki yosh sportchilarimiz «Real Madrid» futbol klubi qoshidagi xalqaro sport maktabida o‘qishga taklif qilindi. Ayni kunlarda ularning safar hujjatlari tayyorlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring