Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaliforniyalik sakkiz yashar bolakay chiqindini qayta ishlashdan 40 ming dollar ishlab topdi

Kaliforniyalik sakkiz yashar bolakay chiqindini qayta ishlashdan 40 ming dollar ishlab topdi

Kichik Rayan ish ustida.

Foto: «Ecology.md»

Sakkiz yashar Rayan juda yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi va kollejda o‘qish uchun mablag‘ jamg‘ardi.

Qaysi chiqindi qayta ishlashga yaraydi, qaysi biri yo‘q, Rayan buni uch yoshidan biladi. U dastlab otasi bilan anchagina butilka yig‘ib qayta ishlash korxonasiga topshirgan va dastlabki mablag‘ini ishlab topgandi.

Shundan so‘ng u o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Dastlab ishni qo‘shnilardan boshladi: ularga ulkan chiqindi paketlari berdi va ularni yig‘ib qo‘yishni so‘radi. Qo‘shnilar chiqindini tekin berishga jon deb rozi bo‘lishdi, chunki bu atrof-muhit tozaligi uchun ham muhim edi.  Keyin chiqindilarni saralab, korxonalarga topshirdi. Natijada 40 ming dollar pul jamg‘ardi.

Hozir yosh tadbirkorning qirqqa yaqin mijozi bor: ular Rayandan chiqindilarni qabul qilib oladi. U o‘z firmasining prezidenti hamdir. Mahalliy qonunlar voyaga yetmaganlarga bu huquqni taqdim qiladi. Otasi ham u bilan birga ishlaydi. «Kichkina xo‘jayin»ni uyga olib borish, olib kelish uning zimmasida. Rayan o‘z uyining orqasida chiqindilarni saralaydi. Bu yerda beshta konteyner tashkil qilingan. Ulardan eng yirigi shisha, bittasi qattiq idishlar, qolgan uchtasi plastik mahsulotlar uchundir.

Yosh tadbirkor hatto jamg‘argan pulining ma’lum qismini xayriya tashkilotlariga yo‘naltirishga ham ulgurgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring