Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan nafaqalar va moddiy yordam turlari

Kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan nafaqalar va moddiy yordam turlari

Foto: «Sputnik»

Kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning quyidagi turlari mavjud:

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa;

bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa;

kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam.

Kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam miqdori va to‘lash muddatlari

a) 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa miqdori:

bir nafar farzandi bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining 50 foizi;

ikki nafar farzandi bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining 80 foizi;

uch nafar va undan ortiq farzandi bo‘lgan oilaga – eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.

b) bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida 12 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak.

v) kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam puli oilaning moddiy va mulkiy ahvoliga qarab, amaldagi eng kam oylik ish haqining 1,5 dan 3 baravarigacha miqdorda 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring