Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kemeron «Titanik» filmi yakuniga izoh berdi

Kemeron «Titanik» filmi yakuniga izoh berdi

«Titanik» filmidan lavha

Foto: «Aif.ru»20th Century Fox

«Titanik» filmining muxlislari 20 yildan beri nega bosh qahramonlarning ikkisi ham omon qolmaganini so‘rashadi. Rejissyor Jeyms Kemeron «Vanity Fair» nashriga bergan interyusida muxlislarning azaliy savoliga nihoyat nuqta qo‘ydi.

Ko‘plab tomoshabinlar Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio yog‘och qoplamasiga bemalol sig‘ishlari va Jek ham tirik qolishi mumkinligini ta’kidlashadi. Ammo Kemeron u bir necha kun davomida uch soat davomida faqat bir kishini ko‘tarib turishga qodir yog‘och qoplamani izlash bilan band bo‘lgan. U Jek o‘lishi kerakligi, sababi film nihoyasi ayrilik va o‘lim bilan yakunlanishi nazarda tutilganini aytdi.

Rejissyor agar Jek suvda cho‘kib ketmagan taqdirda ham ustiga tutunli truba tushib baribir vafot etishini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, kinofilmning premerasi 1997 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan. Kartina kino tarixida eng kassabop filmga aylanib, dunyo bo‘ylab 1.8 mlrd dollar to‘plagan. Shuningdek, 11 ta Oskar mukofoti bilan taqdirlangan.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring