Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In Janubiy Koreya rahbari elchilari bilan sammit to‘g‘risida muzokara o‘tkazdi

Kim Chen In Janubiy Koreya rahbari elchilari bilan sammit to‘g‘risida muzokara o‘tkazdi

Foto: AP Photo/Wong Maye-E

KXDR rahbari Kim Chen In va Pxenyanga tashrif buyurgan Janubiy Koreya delegatsiyasi a’zolari Koreya yarimorolida keskinlikni yumshatish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Shuningdek, ikki davlat rahbarlarining sammitini o‘tkazish imkoniyati muhokama qilindi. Koreya markaziy telegraf agentligi(KMTA)ga asoslanib TASS xabar bermoqda.

«Kim Chen In Koreya yarimorolida o‘tkir harbiy ziddiyatlarni yumshatish, muloqot va turli xil aloqalar, hamkorlik va almashinuvlarni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi», —deyiladi agentlik xabarida. Ta’kidlanishicha, KXDR rahbari va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning maxsus elchilari o‘rtasidagi uchrashuv samimiy muhitda o‘tgan.

«Kim Chen In Janubiy Koreya maxsus vakilidan prezident Mun Chje Inning sammit o‘tkazishni niyat qilgani to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldi. Shundan keyin taraflar o‘zaro fikr almashib qoniqarli kelishuvga erishdilar», — deb yozgan agentlik.

Uchrashuv paytida KXDR raketa va yadroviy dasturining muhokama qilinganligi haqida xabarda hech narsa deyilmagan. Boshqa tafsilotlar ham keltirilmagan. Mun Chje In ma’muriyati rasmiylari ham muzokara haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmayapti.

5 mart kuni Seuldan Pxenyanga Janubiy Koreyaning o‘n kishilik delegatsiyasi tashrif buyurdi. Uning tarkibiga Koreya Respublikasi prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Chon Yi Yon, Milliy razvedka xizmati direktori So Xun, birlashish vazirining o‘rinbosari Chxon Xe Son va Janubiy Koreyaning boshqa rasmiylari kirdi. Ular KXDRda ikki kun bo‘lishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring