Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlar yirik soliq to‘lovchi hisoblanadi?

Kimlar yirik soliq to‘lovchi hisoblanadi?

Foto: «fotostrana.ru»

Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish uchun oldingi soliq davri yakuni bo‘yicha quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida mos keladigan yuridik shaxslar tanlab olinadi:

  • soliq davri yakuni bilan hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi eng kam ish haqining 200 ming baravaridan kam bo‘lmagan;
  • tovar aylanmasi hajmi eng kam ish haqining 300 ming baravaridan kam bo‘lmagan;
  • jami aktivlari qiymati eng kam ish haqining 100 ming baravaridan kam bo‘lmagan.

Eng kam ish haqi miqdori yirik soliq to‘lovchilar toifasini aniqlash uchun tanlangan soliq davri yakunida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.

Yirik soliq to‘lovchilar toifasini belgilashda ko‘rsatib o‘tilgan mezonlar, yuridik shaxslarning o‘tgan yildagi soliq davri yakuni bo‘yicha soliq organlariga taqdim etgan soliq hamda moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlariga asosan aniqlanadi.

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mezonlar soliq to‘lovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki o‘zgartirish huquqini bermaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring