Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kofi Annan vafot etdi

Kofi Annan vafot etdi

Foto: «belta.by»

BMTning sobiq bosh kotibi, Nobel mukofoti sohibi Kofi Annan bugun, 18 avgust kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda BMTning migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotining «Tvitter»dagi sahifasida ma’lum qilingan.

«Bugun biz buyuk inson, yetakchi va vizioner - BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annanni yo‘qotdik»,- deyiladi xabarda.

Kofi Annanning mikroblogida ham uning oilasi va fondi nomidan xabar paydo bo‘lgan. Unda sobiq bosh kotib 18 avgust kuni yaqinlari davrasida kasallik sababli olamdan o‘tgani aytilgan.

Kofi Annan 1938 yili 8 aprelda Oltin Qirg‘oqda (Hozirgi Gana) tug‘ilgan. Uning otasi fanti qabilasi sardori va Ashanti provinsiyasining gubernatori bo‘lgan. Annan o‘z vatanida, AQSh va Shveysariyada ta’lim olgan. 1961 yili BMTning sog‘liqni saqlash tashkilotida ishlay boshlagan. Keyinchalik boshqa tuzilmalarda ham faoliyat yuritgan. 1997 yilning 1 yanvarida BMTning bosh kotibi lavozimini egallagan. 2001 yilda uni yana qayta saylashgan. 2001 yilda unga Nobelning tinchlik mukofoti ham topshirilgan. U 2006 yilga qadar Bosh kotibi sifatida faoliyat yuritgan. So‘nggi yillarda Shveysariyada ishlab, Kofi Annan fondiga rahbarlik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring