Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston koinot dasturi uchun 1,5 milliard dollar ajratdi

Hindiston koinot dasturi uchun 1,5 milliard dollar ajratdi

Foto:«Posta.com.tr»

Hindiston hukumati koinot dasturi uchun 1,5 milliard dollarlik budjetni tasdiqladi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Bosh vazir Narendra Modi tasdiqlagan dastur amalga oshsa, Hindiston ham xuddi AQSh, Rossiya va Qozog‘iston kabi o‘z kosmodromiga ega bo‘ladi.

Hindiston taraqqiyot vaziri Jitendra Singning ma’lum qilishicha, yangi kosmodromdan 4 tonnadan ziyod yo‘ldoshlar koinotga parvoz qiladi.

Kelgusi 4 yil davomida koinotni tadqiq qilish uchun ushbu kosmodromdan raketalar uchiriladi.

Hindiston shu yil fevral oyida koinotga 31-yo‘ldoshini uchirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring