Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Koka-kola» — uy bekasining universal quroli

«Koka-kola» — uy bekasining universal quroli

Foto: «Flickr.com»

Bir asr-u yigirma yil muqaddam asab tizimi zo‘riqishlarini davolash uchun ixtiro qilingan (ajabo!) bu ichimlik duppa-durust tozalovchi vosita ham ekan. «T-online» yozishicha, ichimlik tarkibiga kislotalilikni me’yorlashtiruvchi ortofosfor kislotasi kirgani bois, bekalar «Koka-kola»dan uy va buyumlarni tozalashdek mashaqqatli yumushda bemalol foydalanishlari mumkin.

Santexnika

Buyumlar sirtidagi ketishi qiyin kirlarni ketkazishda «Koka-kola» boshqa tozalovchi vositalardan qolishmaydi. Buning uchun u xamirni oshirishda qo‘llanuvchi vosita («разрыхлитель») bilan aralashtiriladi va yuzaga suriladi. Yarim soatdan bir kechagacha shunday qoldiriladi. Keyin cho‘tka bilan tozalansa xuddi yangidek yaltirab ketadi.

Tova

Tagiga olgan tovani «Koka-kola» yordamida tozalash juda oson. Buning uchun tovaga ikki santimetrcha balandlikda «Koka-kola» quyiladi va yarim soat sust olovda qaynatiladi. Keyin tova oqar suvda yuvib tashlanadi.

Choynak

Odatda bu oshxona jihozini limon kislotasi yoki sirkada tozalash tavsiya qilinadi. Biroq choynakning ichki devorlariga yopishgan ohaksimon qotishmani «Koka-kola» yordamida ham yo‘qotsa bo‘ladi. Buning uchun choynak «Koka-kola» bilan to‘ldirilib, bir oqshomga qoldiriladi. Ertalab qarabsizki, choynak top-toza!

Zang

Temir buyumlarda paydo bo‘lgan zangni yo‘qotishda ham «Koka-kola» sizga yordamga keladi. Buning zanglagan yuzaga ichimlikdan quyiladi va shimib olganidan so‘ng kichikroq cho‘tka, masalan, eski tish cho‘tkasi bilan tozalab tashlanadi. Zanglab ketgan va yechilishi qiyin murvatlarni ham «kola» bilan ochish osonlashadi.

Mox

«Koka-kola» moxni yo‘qotishda ham ajoyib vositaligini namoyon etdi. Yana bir ajoyib tomoni, u moxning qayta paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va tosh yuzaning jilosini yo‘qotmaydi. «Koka-kola» bilan devorlarga ishlov berilganda toshli qoplamalar uchun ishlatilgan qorishmalarga ziyon yetmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring