Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kollej o‘quvchilari gidrogeologiya stansiyasini tunab ketishdi

Kollej o‘quvchilari gidrogeologiya stansiyasini tunab ketishdi

Foto: «Xabar.uz»

2018-yil may oyining 17 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Ohangaron tuman sudi sayyor sud majlisida Eshboyev Shohzod Shuhrat o‘g‘li va Cho‘lponov Nurmuhammad Abdumajid o‘g‘liga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

Shohzod Eshboyev sherigi Nurmuhammad Cho‘lponov bilan til biriktirib, 2018-yil 23-fevraldan 24-fevralga o‘tar kechasi Ohangaron tumani «Quyun» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, fuqaro Bahodir Toshov rahbarlik qilayotgan «Gidromineral resurslar markazi» davlat korxonasi «Ohangaron gidrogeologiya stansiyasi»ga borishgan. Ichkariga oynani sindirib kirib, u yerdan 1 to‘plam «Avtech» rusumli protsessor va monitorni, 1 to‘plam «Fujitsu Esprimo p 556/2» rusumli protsessor va «Fujitsu 23,8 Inch Display B24-8 TS Pro» rusumli monitorni, 1 dona protsessor, 1 dona «LTE modem Postpaid» rusumli internet modemini hamda 1 dona fleshkani o‘g‘irlashgan. «Ohangaron gidrogeologiya stansiyasi»ga jami 12 350 802 so‘mlik moddiy zarar yetkazishgan.

Sud majlisida sudlanuvchilar yashayotgan MFY tomonidan ularni kafillikka olish to‘g‘risidagi kafolat xatlari taqdim qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudining 2018-yil 17-maydagi hukmiga binoan sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Ularning yoshi, kollej o‘quvchisi ekanligi, oilaviy sharoiti, sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘liq bartaraf etgani, jabrlanuvchining sudlanuvchilarga da’vosi yo‘qligi, shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inining kafolat xati inobatga olinib, ularning har biriga oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Ularga Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanib, tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 1 yil sinov muddati belgilandi.

Ulug‘bek Ochilov, jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudi sudyasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring