Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyada eng yaxshi biznes-g‘oyalar tanlovi: O‘zbekistondan ham nomzodlar qatnashadi

Koreyada eng yaxshi biznes-g‘oyalar tanlovi: O‘zbekistondan ham nomzodlar qatnashadi

Foto: centralasia-korea.org

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» hamkorlik bo‘yicha 11-forumi doirasida e’lon qilingan eng yaxshi biznes-g‘oyalar tanlovida ishtirok etish uchun rezidentlar orasidan nomzodlarni tanlash bilan shug‘ullanadi. Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli sohalardagi hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan an’anaviy tadbir Seulda bo‘lib o‘tadi.

Forum 2007-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Uning bosh maqsadi – Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo mamlakatlari: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida mavjud va istiqboldagi hamkorlikni mustahkamlashdir. 2017-yilning iyulida «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» hamkorlik bo‘yicha forumining kotibiyati (Korea – CentralAsiaCooperationForumSecretariat) tuzilgan edi, uning tarkibiga beshta respublika vakillari kiritildi. Ular yaxshi niyat elchilari sifatida harakat qilishadi va o‘z mamlakatlarining investitsiyaviy salohiyati haqida Koreya biznes jamoatchiligini xabardorligini oshirish ustida ishlashadi, shuningdek forum doirasida erishilgan loyihalar bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirilishining qo‘llab-quvvatlovini ko‘rsatishadi.

Bu yil tadbir doirasida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitaning yig‘ilishi, shuningdek ijtimoiy soha va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi biznes-g‘oyalar tanlovi o‘tkaziladi. Shartlarga ko‘ra, O‘zbekistondan, kotibiyat tarkibiga kirgan boshqa markaziy osiyolik mamlakatlar kabi, ikki nafar nomzod ishtirok eta oladi (39 yoshgacha bo‘lgan, ingliz tilini biladigan). Ikkalasi tegishli tavsiyanomalarga ega bo‘lishi zarur, ular respublikalarning Koreyadagi elchixonalari tomonidan taqdim etiladi.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchisi – 19-oktyabrgacha davom etadigan talabnomalarni to‘plash (Markaziy Osiyo mamalkatlari uchun – 12-oktyabrgacha). Ikkinchisi noyabr oyiga rejalashtirilgan bo‘lib, u o‘z ichiga tanlovning final turida ishtirok etish uchun Seulga borishni o‘z ichiga oladi. Ammo bu bilan dastur cheklanib qolmaydi: finalchilar Koreyaning muvaffaqiyatli startap-kompaniyalariga tashrif buyurishadi, ularning asoschilari bilan uchrashishadi, shuningdek Forum kotibiyatiga o‘z loyihalarining taqdimotlarini o‘tkazishadi.

Tashkiliy qo‘mita timsolidagi taklif qiluvchi tomon aviaparvoz va yashashni ham qo‘shgan holda, tanlovning final bosqichida ishtirok etish bilan bog‘liq harajatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Birinchi va ikkinchi o‘rinlar uchun mukofot jamg‘armasi, shuningdek tanlov ishtiroklari uchun rahbatlantiruvchi mukofotlar ko‘zda tutilgan.

MUIC tanlovda ishtirok etish va xalqaro tajribani qo‘lga kiritishga qiziqish bildirgan rezidentlarga ko‘mak ko‘rsatishga tayyor. Buning uchun 2018-yilning 4-oktyabriga qadar elektron pochta (n.alibekov@muic.uz)ga quyidagi axborotni yuborish zarur:

  • Biznes-g‘oya va mahsulot (yoki xizmat)ning ta’rifi

Markaziy Osiyo bozoriga mo‘ljallangan muhim funksiyalar va mahsulot/xizmat g‘oyalarini amalga oshirishning usullari va foydalanish maqsadlarini batafsil ta’riflab chiqish, shuningdek mintaqa mamlakatlarining maqsadli bozorini tavsiflab chiqish. Hujjatni erkin shaklda tuzish (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, jadvallar, strukturalashtirilgan diagrammalar, sxemalar va shu kabilardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi).

  • Mahsulotning texnikaviy imkoniyatlari

Kreativlik, amaliy maqsadga muvofiqlik, yuqori texnologiyaning texnologiyalardan foydalanish, mahsulotning sifati.

  • Mahsulotning raqobatbardoshligi

Ichki va xorijiy bozor sharoitlari, marketing vositasida mahsulotni sotish sohasidagi strategiya va o‘sishning potensiali.

  • Mahsulotni sotishdan kutilayotgan samara

Biznes-g‘oyaning kutilayotgan daromadliligi va mahsulotni sotishdagi yangi ish o‘rinlarini yaratish samarasi.

G‘oya haqida ancha to‘liq tasavvur beradigan va uni amaliy tomondan ochib beradigan talabnomalar ko‘rib chiqiladi. Aniqlilik va lo‘ndalik olqishlanadi.

Manba: muic.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring