Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koutino va Neymar so‘nggi daqiqalarda Braziliyaga g‘alaba keltirdi

Koutino va Neymar so‘nggi daqiqalarda Braziliyaga g‘alaba keltirdi

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining «Ye» guruhi 2-turidan o‘rin olgan Braziliya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Bellashuv Braziliya terma jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Har ikki gol hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Koutino va Neymar jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Kosta-Rika terma jamoasi jahon chempionatini guruh bosqichida yakunlashi ma’lum bo‘ldi. Guruhning ikkinchi uchrashuvi Serbiya va Shveysariya termalari o‘rtasida soat 23:00da boshlanadi.

JCh-2018
«Ye» guruhi 2-tur
Braziliya – Kosta-Rika 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 90+1 Koutino, 2:0 – 90+7 Neymar
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Marselo, Fagner, Miranda, Paulino (Firmino, 68), Kazemiro, Koutino, Villian (Duglas Kosta, 46), Neymar, Gabriel Jezus (Fernandino, 90).
Kosta-Rika – Navas, Gonsales, Akosta, Ovedo, Duarte, Venegas, Borxes, Ruis, Gusman (Texeda, 83), Gamboa (Kalvo, 75), Urenya (Bolanos, 54).
Ogohlantirishlar: Neymar (81), Koutino (81), Akosta (84).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring