Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ko‘za va mevalar» salkam 60 million dollarga sotildi

«Ko‘za va mevalar» salkam 60 million dollarga sotildi

Foto: TASS

Nyu-Yorkdagi «Christie’s» auksionida fransuz rassomi Pol Sezanning «Ko‘za va mevalar» natyurmorti $59,29 millionga sotilib, kimoshdi savdosi uyining 13 may kunidagi eng qimmat lotiga aylandi.

Holbuki, Sezanning «raqiblari» ham chakana emas edi. Masalan, shu kuni Van Gogning «Kasalxona hovlisidagi daraxtlar»i (peyzaj) 40 million dollarga, Amedeo Modilyanining «Kalla»si (haykal) $34,32 millionga sotilgan. Qolaversa, lotlar orasida Pablo Pikasso, Anri Matiss, Klod Mone kabi tasviriy san’at daholarining o‘lmas asarlari ham bor edi.

«Christie’s» auksionida 13 may kuni qariyb 400 million dollarlik san’at asarlari pullangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring